Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada ishlab qaytgan o‘zbekistonlik fuqarolar diqqatiga! Sug‘urta pullaringiz qaytarilmoqda
Qadrli yurtdoshlar!
Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi EPS (Ishga yollash tizimi) markazi e'lon qiladi:
Koreyaga N-2, Ye-9 vizasi bilan ishlash uchun jo‘nab ketgan o‘zbekistonlik fuqarolarning (Samsung ho'je po'xo'ngim) sug‘urta sifatida kiritgan boshlang‘ich puli qaytarilmoqda.
Agarda siz Koreyada mehnat qilib, O‘zbekistonga qaytayotganda sug‘urta puli (Samsung ho'je po'xo'ngim)ni olmagan bo‘lsangiz, omonatingizni olib ketishingiz mumkin.
O‘z mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli yakunlab, O‘zbekistonga qaytgan va 2 yildan ortiq vaqt ichida sug‘urta pulini olishni unutgan fuqarolar markazga qo‘ng‘iroq qilib, ro‘yxatda o‘z familiya va pasport raqamingizni tekshirib ko‘rishingizni so‘raymiz. So‘ngra kerakli hujjatlar bilan EPS markaziga tashrif buyurib, pullarni qaytarib olishingiz mumkin.
Sizlardan o‘z familiya va pasport raqamingizni tekshirib ko‘rishingizni so‘raymiz.
Kerakli hujjatlar: Pasport (Pasport stolidan pasportning o‘zgarganligi haqida ma'lumotnoma) bankdan hisob raqami.
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Tolimarjon ko‘chasi, 3. O‘zbekistondagi EPS markazi
Tel: +99871 2919545
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:50 / 02.02.2026
Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi
12:24 / 30.01.2026
O‘zbekiston diplomatlari Koreyada jazo o‘tayotgan fuqarolar bilan uchrashdi
20:53 / 25.01.2026
Koreyaga kirishda karantin talablari kuchaytirildi
15:10 / 17.12.2025