Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asadning farzandlari Qrimdagi “Artek”da hordiq chiqarishgan
Foto:Wikimedia Commons
Suriya prezidenti Bashar Asad rossiyalik parlamentchilar bilan uchrashuvda uning farzandlari 2017 yilda Qrimdagi “Artek” lagerida dam olishganini ma'lum qildi. Uning so‘zlarini Rossiya davlat dumasining Suriya parlamenti bilan aloqalar bo‘yicha guruhi koordinatori Dmitriy Sablin keltirib o‘tdi.
“Biz birinchi navbatda yoshlar bilan ishga e'tibor qaratishni, bir necha haftalarga lagerlar tashkil etishni istaymiz. Mening farzandlarim o‘tgan yil “Artek”da bo‘lishdi. Ular bu safardan keyin Rossiyani yaxshiroq tushuna boshlashdi. Kuni-kecha ular menga Qrim ko‘prigi qurilishi yaqin orada bitkazilishini ma'lum qilishdi”, deb aytgan Asad uchrashuvda.
“Artek” direktori Aleksey Kasprjakning ma'lum qilishicha, lagerda Asadning barcha uch farzandi – o‘g‘illari Karim va Hofiz hamda qizi Zayn hordiq chiqarishgan. Lager rahbariyati esa ular Suriya prezidentining farzandlari ekanidan bexabar bo‘lgan.
“Ular hamma bolalar qatori dam olishgan. Ular uchun bu borada hech qanday istisnolar qilinmagan. Ingliz va arab tillarida so‘zlashishgan. O‘ylashimcha, ularga lagerda bo‘lish yoqdi. Eslashimcha, ular jismonan baquvvat bolalar edi”, deb ma'lum qilgan Kasprjak.
"Artek" matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, lagerda 2016-2017 yillarda suriyalik 45 bola dam olgan.
Mavzuga oid
11:54
Lavrov Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishini AQShning Grenlandiya bo‘yicha rejalari bilan taqqosladi
12:35 / 31.12.2025
FBK Putinning yana bir “saroyi”ni topdi - qo‘shib olingan Qrimda
15:22 / 24.12.2025
Qrim: mobil internet urush tugaguncha bloklanadi
10:01 / 23.12.2025