Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalariga qancha mablag‘ sarflanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi PQ-2505 sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2016-2020 yillarda oziq-ovqat mahsulotlari xom ashyo bazasini, meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017 yil 6 yanvardagi PQ-2716 sonli “2017-2018 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va chuqur qayta ishlash quvvatlarini tashkil etishni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi dasturlar doirasida 740,1 mln dollar qiymatga teng 434 ta loyihaning amalga oshirilishi belgilangan. Shundan:
- 163 ta loyiha, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini respublikaning meva-sabzavot va uzumchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarida tashkil etish;
- 39 ta go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini xom ashyoga yaqin hududlarda tashkil etish;
- 159 ta loyiha, eksport qilish belgilangan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun sovutish kameralari bilan jihozlangan sig‘imlar tashkil etish;
- 36 ta loyiha, qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
- 37 ta loyiha bo‘yicha qandolat, alkogolsiz ichimliklar va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish.
Mavzuga oid
15:35 / 07.11.2020
DXSh loyihalari doirasida sarmoya kiritgan tadbirkorlar manfaatini himoya qilish kuchaytiriladi
22:31 / 24.01.2019
O‘zbekistonda ekologiyaga oid qanday yangi loyihalar amalga oshiriladi?
17:43 / 14.11.2018
2025 yilgacha bo‘lgan davrda Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi muhokamaga qo‘yildi
01:22 / 13.09.2018