Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Patriot tizimlarini Ukrainaga berishdan bosh tortdi
Germaniya mudofaa vaziri Lambrextning aytishicha, AQShning Kiyevga Patriot yetkazib berishga tayyorligi Germaniya pozitsiyasini o‘zgartirmagan. Berlin Ukrainani Gepard va Iris-T SLM tizimlarini yetkazib berish bilan qo‘llab-quvvatlamoqda, dedi u.
Foto: NATO
Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext AQShning Ukrainaga Patriot zenit-raketa komplekslarini topshirishga tayyorligi haqidagi xabarlar ortidan, Berlin bunday harakatlarni rejalashtirmaganini aytdi. Germaniya NATO bo‘yicha hamkor Slovakiyaga Patriot tizimlarini yetkazib beryapti, keyin esa ularni Polshaga beradi. Ukraina bo‘yicha, Germaniyaning havo mudofaasi sohasida ushbu mamlakatni qo‘llab-quvvatlashi Gepard va Iris-T SLM tizimlarini yetkazib berish bilan cheklangan, dedi u 14 dekabr, chorshanba kuni Berlinda.
Germaniyaning Ukrainaga Patriot yetkazib berish bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarganmi, degan savolga Lambrext ushbu komplekslarni Kiyevga AQSh tomonidan yetkazib berilishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida shunday javob berdi. Shu paytgacha Germaniya hukumati Patriot'ning Ukrainaga o‘tkazilishiga salbiy munosabatini bu majmualar Kiyevga NATOning boshqa birorta davlati tomonidan yetkazib berilmagani bilan izohlab kelayotgandi.
Avvalroq Amerikaning CNN telekompaniyasi va The New York Times gazetasi Oq uydagi manbalariga tayanib, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga Patriot zenit-raketa komplekslarini yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Xabarlarda qayd etilishicha, Oq uy bu masala bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilmagan, ammo u haftaning boshida qabul qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
14:47 / 02.01.2026
Germaniya tomonidan to‘langan ikki Patriot ZRK Ukrainaga yetkazildi
08:23 / 10.11.2025
Zelenskiy: Yevropa Kiyevga Patriot ZRKni vaqtincha berib turishi mumkin
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
21:47 / 06.10.2025