O‘zbekiston | 17:52 / 16.05.2018
5925
1 daqiqa o‘qiladi

Nokia’ning Yevropadagi rahbari Toshkentga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari Azim Ahmadxo‘jayev Nokia kompaniyasining bosh ijrochi vitse-prezidenti, kompaniyaning Yevropadagi rahbari hamda Digital Europe kompaniyasi prezidenti Markus Byorxert bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuvda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yo‘nalishida istiqbolda turgan hamkorlik masalalari yaqindan muhokama qilindi. Jumladan, kadrlar malakasini oshirish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha loyihalarga e'tibor qaratildi.

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati
Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Jahonning uzoq yillik tajriba va tarixga ega kompaniyasi hisoblangan Nokia kompaniyasi 150 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda u mobil, simli va keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlari uchun uskunalar, IT-yechimlar ishlab chiqarishda xalqaro miqyosda tan olingan ekspert hisoblanadi.

Mavzuga oid