Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona qo‘mitasi iPhone 17 smartfonini olib kirishdagi to‘lovlar haqida ma’lumot berdi
Mobil qurilmaning bojxona qiymati belgilangan normadan ortgan taqdirda, cheklangan me’yorlardan ortiq qismiga nisbatan 30 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi. Shuningdek, bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderini to‘ldirish va rasmiylashtirish uchun BHM 25 foizi (103 000 so‘m) miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im undiriladi.
Bojxona qo‘mitasi chegara orqali notijorat maqsadida mobil qurilmalarni olib kirishda to‘lovlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 apreldagi 244-son qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari havo transportida 1000 AQSh dollari, temiryo‘l va daryo transportida 500 AQSh dollari, avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali 300 AQSh dollari etib belgilangan.
Bunda, mobil qurilma bojxona qiymati belgilangan normadan ortgan taqdirda, cheklangan me’yorlardan ortiq qismiga nisbatan 30 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi.
Shuningdek, bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderini to‘ldirish va rasmiylashtirish uchun BHM 25 foizi (103 000 so‘m) miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im undiriladi.
O‘z navbatida, mobil qurilmaning bojxona qiymati cheklar, kvitansiyalar va (yoki) boshqa tijorat hujjatlari bilan tasdiqlangan, ma’lum qilingan qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shaxs tomonidan ma’lum qilingan tovarlarning bojxona qiymati to‘g‘ri belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda bojxona organi tovarlarning bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi. Bunda, bojxona organi o‘z ixtiyorida mavjud bo‘lgan narxlar to‘g‘risidagi axborotdan ya’ni bojxona yuk deklaratsiyalari elektron baza ma’lumotlari va muqobil manbalaridan olingan narxlardan foydalanadi.
Ta’kidlanishicha, muqobil manbalardan olingan narxlarga ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki yetkazib beruvchilarning rasmiy e’lon qilinadigan ma’lumotnomalari, byulletenlari, prays-varaqlari va boshqa ishonchli manbalar kiradi.
Misol uchun, iPhone 17 rusumidagi mobil qurilma olib kirilganda, uning bojxona qiymati agar xarid cheki, kvitansiyasi va (yoki) boshqa tijorat hujjatlari mavjud bo‘lsa, undagi qiymatdan kelib chiqib, agar mavjud bo‘lmasa Apple kompaniyasining fuqaro kelayotgan davlatdagi rasmiy saytidagi narxlarga asoslaniladi.
Ta’kidlanishicha, qurilmalarning bojxona qiymati ular olib kirilayotgan davlatdagi narxlarga chambarchas bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 20 iyuldan boshlab, 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi. Samolyotda keluvchilar O‘zbekistonni tark etganiga 3 kundan oshmagan bo‘lsa, bojsiz limitdan foydalana olmaydi. Poyezd yo avtomobilda yoki piyoda keluvchilar uchun esa bu muddat 2 kunni tashkil etadi.
Bojsiz tovar olib kirish limitlari esa 2025 yil 1 maydan e’tiboran samolyotda keluvchilar uchun 2000 dollardan 1000 dollarga, poyezdda kelayotganlar uchun 1000 dollardan 500 dollarga pasaytirilgan edi.
Mavzuga oid
09:21 / 04.12.2025
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini bojsiz olib chiqish me’yorlari e’lon qilindi
08:40 / 01.12.2025
Kurerlik jo‘natmalari orqali yuborilgan 1 kgga yaqin “gashish” fosh qilindi
15:08 / 27.11.2025
Bojxona kodeksiga qo‘shimcha bojlar bo‘yicha o‘zgartishlar kiritildi
11:09 / 26.11.2025