Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari iste'foga chiqarildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatida yangi o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Kun.uz’ga ma'lum qilishlaricha, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Abitovich Nazarmuhamedov iste'foga chiqarilgan. Uning o‘rniga Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan polkovnik Aziz Anvarovich Toshpo‘latov vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bundan tashqari, IIV Tergov departamenti boshlig‘i, vazir o‘rinbosari Akromxon Boboxonov ham iste'foga chiqarilgan. Uning o‘rnini shu vaqtga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kadrlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev egallagan.
Davron Abitovich Nazarmuhamedov yangi tayinlovga ko‘ra, Xorazm viloyati IIB rahbari sifatida ish olib boradi.
Akramxon Boboxonovning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.
Ta'kidlanishicha, vazirlik rahbariyatida bir necha tayinlovlar amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
20:37 / 23.12.2025
O‘zbekistonliklar 11 oyda kiberjinoyatlardan 1 trln 890 mlrd so‘m zarar ko‘rdi
19:13 / 23.12.2025
“2025 yilda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida 6 nafar xodim vafot etdi, 131 nafari jarohatlandi” – IIV
18:38 / 23.12.2025
XCM moliyaviy piramidasi ishida 5 xodim intizomiy jazolangan, biri ishdan bo‘shatilgan – IIV
22:32 / 17.12.2025