Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar ham pensiya oladigan bo‘ldi
Foto: Tabyldy Kadyrbekov
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 17 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 24 avgustda ma'qullangan
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi Qonuniga quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritildi:
43-modda (Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etish tartibi):
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirildi:
«Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga beriladi»;
oltinchi - to‘qqizinchi qismlari tegishincha yettinchi - o‘ninchi qismlar deb hisoblanadi;
quyidagi mazmundagi 53-1-modda bilan to‘ldirildi:
«53-1-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiyalar to‘lash
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lash manzil-koloniya joylashgan yerdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi»;
62-modda (Ozodlikdan mahrum qilingan davr uchun pensiya to‘lashni to‘xtatib qo‘yish) «bundan manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar mustasno» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.
Mavzuga oid
11:11 / 17.01.2026
Kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
18:04 / 15.01.2026
Mahkumlarga masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqi berildi
08:31 / 19.07.2025
Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni ozod qilish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi
13:17 / 01.07.2025