Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishga olish uchun ayolga jinsiy aloqa taklif qilgan maktab direktori ishdan olindi
Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanidagi 17-umumta’lim maktabi direktori ishga kirish bo‘yicha murojaat qilgan ayolga “u bilan birga bo‘lishni xohlayotgani”ni bildirgan. Maktab direktori mahalliy kengash deputati ham hisoblanadi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Ko‘kdala tumanidagi 17-umumta’lim maktabi direktori Azamat Ruzanovga tegishli ekani aytilgan audioyozuv tarqaldi. Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Audioyozuvda erkak va ayol suhbati aks etgan. Unda ayol “chizmachilikka bo‘lsayam olsangiz mayli edi” degan. Bunga javoban maktab direktori: “Gapning dangali-da, sen bilan birga bo‘lishni xohlayman, to‘g‘risini aytsam. Meni tushundingmi?” deya jinsiy aloqa taklif etgan.
Holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan.
“Boshqarma boshlig‘ining 2025 yil 16 oktyabrdagi 844-K-sonli buyrug‘i bilan maktab direktori vazifasidan ozod etildi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi pedagog maqomiga dog‘ tushiruvchi har qanday salbiy holatni qoralaydi va keskin choralar ko‘rilishini ma’lum qiladi”, deyiladi boshqarma rasmiy munosabatida.
Azamat Ruzanov xalq deputatlari Ko‘kdala tuman kengashi deputati ham hisoblanadi. U tumanning Naymansaroy mahallasidan deputat etib saylangan. Kengash kotibiyat mudirining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, hozirda deputatning ushbu harakatini reglament va deputatlik odob-axloq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyada ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi ayolga jinsiy aloqa evaziga lavozim taklif qilgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 04.12.2025
Maktab va bog‘chalar qurilishini moliyalashtirish mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi
12:24 / 19.11.2025
Farg‘ona va Toshkent shahri xususiy maktablar soni bo‘yicha peshqadam
17:25 / 10.11.2025
Superliga o‘yinini to‘rt nafar ayol hakam boshqaradi
20:18 / 08.11.2025