Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov Ostonada MDH davlatlaridagi hamkasblari bilan uchrashdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart To‘qayev Ostonada MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 55-majlisi ishtirokchilari bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov ishtirok etdi.
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati
4 oktabr kuni Ostona shahrida Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart To‘qayev MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 55-majlisi ishtirokchilari bilan uchrashdi. Unda tashkilot Ijroiya qo‘mitasi rahbari, O‘zbekiston, Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston maxsus xizmatlari hamda MDH Antiterror markazi rahbarlari qatnashdi.

Tadbirda mazkur platforma xavfsizlik sohasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish vositasi sifatida o‘zini namoyon etganini, zamonaviy sharoitda Kengashning roli yanada ortib borayotgani ta’kidlangan.
“Davlat rahbari tezkor va tahliliy ma’lumotlarning o‘z vaqtida almashinuvi mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va tahdidlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish imkonini berishini, mamlakatlarimiz milliy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Qosim Jo‘mart To‘qayev uchrashuv yakunlari Hamdo‘stlik davlatlarining maxsus xizmatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishiga, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash sohasida hamkorlikni mustahkamlashga ko‘maklashishiga ishonch bildirdi”, — deyiladi Oqo‘rda matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Mavzuga oid
14:08 / 28.12.2025
Qoraqalpog‘istonda soliq boshqarmasi ikki xodimi ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:59 / 20.12.2025
Samarqand va Surxondaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari olib kirishga urinish to‘xtatildi
17:59 / 14.12.2025