Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Siyohsiz yozuvchi "abadiy" ruchka sotuvga chiqdi
Foto: Pininfarina
Pininfarina dizaynerlari (Italiya) siyohsiz yozadigan ruchkaning yangilangan versiyasini namoyish qilishdi. Bu haqida Luxurylaunches nashri xabar berdi.
Ruchka modelining nomi Aero bo‘lib, uning uchi qog‘ozga tegib oksidlanuvchi metall qotishmadan tayyorlangan. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yozuv qurolining korpusi "abadiy"dir, bu ruchkani avloddan avlodga merosi qilib qoldirish mumkin.
Ruchka tashqi ko‘rinishidan gorizontal sakkizlik - abadiyat ramzini eslatadi. Yangi ruchka sotuvga chiqqan bo‘lib, uning narxi 120 yevroni tashkil qiladi.
2016 yilning sentabrida soatlar va yozuv qurollari ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Montblanc qo‘lda yozilgan matnni smartfonga ko‘chirish imkonini beruvchi maxsus qurilma - virtual qog‘ozni ishlab chiqqandi. Qog‘ozdagi yozuvni smartfonga ko‘chirish uchun smartfonga maxsus ilovani o‘rnatish kifoya. Qurilma raqamli grafik planshet, maxsus yozish quroli, bloknot va zaryadlash uchun USB-kabel bilan ta'minlangan.
Mavzuga oid
09:55
Paralimpiada: Italiya - rossiyaliklar va belaruslarni kiritishga qarshi
13:29 / 13.02.2026
Olimpiada-1936 ramzi tushirilgan futbolka onlayn-do‘konda “tugab qoldi”
19:39 / 11.02.2026
Singapur Olimpiada g‘olibligi uchun to‘lovlar miqdori bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
22:11 / 09.02.2026