O‘zbekiston | 11:19 / 29.10.2019
3733
3 daqiqa o‘qiladi

«Paxtasanoat» HAB ustav kapitalidagi aksiyalar paketi «Paxtasanoat Ilmiy Markazi»ga beriladi

“Paxtasanoat Ilmiy Markazi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati yanada rivojlantiriladi va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish rag‘batlantiriladi. Prezidentning bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 8-uy manzilida joylashgan to‘rt qavatli bino va inshootlarni moddiy madaniy meros obekti sifatidagi o‘z qimmatini yo‘qotganligini inobatga olgan holda moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastridan chiqarish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 8-uy manzilida joylashgan to‘rt qavatli bino-inshootlarni unga tutash hududlari bilan balans qiymatida “Paxtasanoat Ilmiy Markazi” AJga mulk huquqi asosida topshiradi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav kapitalidagi ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha aksiyalar paketini, istisno tariqasida, “Paxtasanoat Ilmiy Markazi” AJga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Bunda, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav kapitalidagi aksiyalar paketini nominal qiymatda berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Birlashmalarning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalar oldidagi qarzdorligi kamaytiriladi;

Qolgan qismi – Birlashmalarning viloyatlarda joylashgan “O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibidagi paxta tozalash korxonalari oldidagi qarzdorligi kamaytirish hisobiga, mazkur paxta tozalash korxonalarining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalar oldidagi qarzdorligi tegishlicha kamaytiriladi;

Qolgan qismi – “O‘zpaxtasanoat” AJning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi oldidagi qarzdorligi tegishlicha kamaytiriladi.

“Paxtasanoat Ilmiy Markazi” AJga berilayotgan
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav kapitalidagi aksiyalar paketi
RO‘YXATI

Mavzuga oid