Jahon | 12:07 / 22.06.2015
3062
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Eronga “Antey-2500” aksilraketa mudofaa tizimlarini yetkazib beradi

Rossiya va Eron “Antey-2500” aksilraketa mudofaa tizimlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Murtazo Sarmadiy 21 iyun kuni ikki davlat o‘rtasida muzokaralar davom etayotganini ma'lum qildi. Ilgariroq Eron Rossiya S-300PMU-1 aksilraketa tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortgani tufayli Jyeneva hakamlik sudiga 4 mlrd dollarlik da'vo arizasi bilan murojaat qilgan edi.
Aytilishicha, sud jarayoni to‘xtatilgach, Rossiya Eron bilan “Antey-2500” tizimlari bo‘yicha shartnoma imzolaydi.