Iqtisodiyot | 16:53 / 20.07.2018
8599
1 daqiqa o‘qiladi

Dollar birjada haftani 7789 so‘m, yevro 9200 so‘mlik ko‘rsatkichda yakunlamoqda

Foto: REUTERS/Kacper Pempel

Dollar birjada haftani 7789 so‘m, yevro esa - 9200 so‘mlik ko‘rsatkichda yakunlamoqda. Bundan Respublika valyuta birjasi ma'lumotlari darak beryapti.

So‘m o‘tgan hafta davomida AQSh valyutasiga nisbatan 2 so‘mga mustahkamlandi, yevroga nisbatan 21 so‘mga kuchsizlandi.

Milliy valyutaning mustahkamlanishi Markaziy bank birjadagi intervensiyalari yangi strategiyasi fonida yuz bermoqda, u ayirboshlash kursiga ham ta'sir qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq so‘m MDH davlatlari valyutalari orasida o‘sish bo‘yicha yetakchiga aylangani xabar berilgandi.

Mavzuga oid