Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh boshqa “dunyo politsiyachisi” bo‘lmaydi – Tramp
Foto: Shutterstock
AQSh boshqa dunyo politsiyachisi bo‘lmaydi va buning uchun ulkan mablag‘lar sarflamaydi, deb aytdi AQSh prezidenti Donald Tramp.
“Biz borgan sari kamroq dunyo politsiyachisi bo‘lishni istamoqdamiz. Biz o‘nlab yillar davomida dunyoda tartib saqlash uchun ulkan mablag‘lar sarflaganmiz va bu bizning ustuvor vazifamiz bo‘lmasligi kerak. Biz o‘zimizda tartib o‘rnatmoqchimiz va o‘z davlatimizni tiklamoqchimiz”, deb aytgan Tramp Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy bilan birgalikda bergan matbuot anjumanda.
Avvalroq Tramp 1,3 trln dollarlik byudjyetni imzolagandi. Unda mudofaaga xarajatlar 80 mlrd dollarga oshishi ko‘zda tutilgan. Bu esa oxirgi 15 yil ichida harbiy xarajatlarning eng katta o‘sishidir. Umumiy hisobda mudofaa xarajatlari 700 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
21:35 / 17.01.2026
AQShda rekord darajada ko‘p migrant ushlandi
20:58 / 17.01.2026