Sport | 21:06 / 29.06.2015
6012
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxdagi yangi stadion ochilish marosimida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi bosh kotibi ishtirok etadi

26 iyun kuni Jizzax shahrida “Sug‘diyona” futbol klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan yangi stadion foydalanishga topshiriladi.

2013 yilda qurilish ishlari boshlangan “Sug‘diyona” sport majemuasi hozirgi vaqtda to‘liq tayyor holga keltirilgan. Bugun ushbu majmuadagi yangi stadionda Oliy liga 14-tur doirasidagi “Sug‘diyona” – “Qo‘qon-1912” o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Ta'kidlash kerakki, ushbu o‘yingoh o‘z bag‘riga 11 650 muxlisni sig‘dira oladi.

“Sug‘diyona” sport majmuasining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullayev hamda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Farhod Magometov ishtirok etishadi.