Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dori-darmon bilan shug‘ullangan soxta “tadbirkor” fosh qilindi
Foto: Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi
Xorazm viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda fuqaro Cobir Xasanovning (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) Samarqand viloyatidan noqonuniy ravishda dori-darmon vositalarini viloyatga olib kelib, oldi-sotdi ishlarini amalga oshirayotganligi aniqlandi. Bu haqda viloyat davlat soliq boshqarmasi xabar berdi
Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan o‘rganishlar davomida Xasanov ushbu noqonuniy savdo faoliyatini Urganch tumani, G‘oybu qishlog‘i, Mutavalli mahallasida yangidan qurilgan namunaviy hovli-joylarning birida amalga oshirib kelayotgani ma'lum bo‘ldi.
Ya'ni mazkur xonadonning 3 ta xonasi dori-darmon vositalarini saqlashga mo‘ljallangan shaxsiy omborxonaga aylantirilgan bo‘lib, soxta tadbirkorlik yo‘lini tanlagan fuqaro o‘z faoliyati yuzasidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, davlatga soliq to‘lovlarini to‘lashdan qochishga harakat qilgan hamda biron marotaba soliq to‘lovlarini amalga oshirmagan.
Viloyat davlat soliq boshqarmasining 2017 yil 21 oktabrdagi 422-xs-sonli buyrug‘i asosida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirida ushbu xonadonda 459 turdagi 568,0 mln. so‘mdan ortiq kirim hujjati va sifat sertifikati bo‘lmagan dori-darmon vositalari mavjudligi aniqlandi va ularning barchasi daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi. O‘rganishlar davomida dori-darmon vositalari ichida yaroqlilik muddati eskirgan 14 ta dori vositalari ham borligi ma'lum bo‘ldi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirida tuzilgan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Ushbu noqonuniy faoliyat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:00 / 17.02.2026
Xorazmda yangi ta’lim markazi: Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
09:42 / 29.01.2026
Xorazm hokimliklarida o‘rganish: 60 ga yaqin xodimning tadbirkorlik faoliyati aniqlandi
16:15 / 23.12.2025
Xorazmda tadbirkor undan ish so‘rab kelgan talaba qizga shilqimlik qildi
15:34 / 11.12.2025