Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muzey jamg‘armasi katalogi nodavlat muzeylar eksponatlari bilan to‘ldiriladi
O‘zbekiston muzey jamg‘armasi yagona milliy katalogi nodavlat muzeylarda saqlanayotgan eksponatlar haqidagi axborot bilan to‘ldiriladi. Bu haqda Uzbekistan Today nashri yozmoqda.
Katalog tuzish haqida 2010 yili qaror qilingan. Unga mamlakatda mavjud 200ta muzeyda saqlanayotgan eksponatlar haqida ma'lumot kiritiladi. Bu muzeylardan 135tasi davlatga tegishlidir.
Madaniyat va sport ishlari vazirligi qoshidagi sertifikatsiya va kompyuterlashtirish markazi muzeyshunos mutaxassislar bilan hamkorlikda maxsus dasturiy ta'minot – SKM MUZEY muzey predmetlarini hisoblash va boshqarish tizimini yaratdi.
San'at ixlosmandlari internet orqali O‘zbekistondagi barcha muzeylardagi eksponatlar haqida ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.