O‘zbekiston | 10:14 / 17.08.2019
25393
7 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda g‘allachilik klasterlari joriy etishning yangicha tartibi o‘rnatiladi

Foto: Dreamstime

Vazirlar Mahkamasining “Boshoqli don yetishtirishda klaster tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali yuqori hosildorlikni ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik xo‘jaliklari va omuxta yem ishlab chiqaruvchi va boshqa don mahsulotlariga ehtiyoji mavjud bo‘lgan tashkilotlar o‘rtasida 2020 yil hosilidan boshlab davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don yetishtirish bo‘yicha tuziladigan kontraktatsiya shartnomalaridan ortiqcha yetishtiriladigan boshoqli donni fyuchers shartnomasi asosida xarid qilish orqali g‘allachilik klasterlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2020 yil hosilidan boshlab davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don yetishtirish bo‘yicha tuziladigan kontraktatsiya shartnomalaridan ortiqcha yetishtiriladigan boshoqli donni fyuchers shartnomasi asosida xarid qiladigan g‘allachilik klasterlari ro‘yxati tasdiqlanadi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, 2020 yil g‘alla hosilidan boshlab:

davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don yetishtirish bo‘yicha tuziladigan kontraktatsiya shartnomalaridan ortiqcha yetishtiriladigan boshoqli don narxi fermer xo‘jaliklarining kamida 10 foizli rentabelligi hisobga olinib, agrotexnologik xaritalar asosida shakllantiriladigan xarajatlardan kelib chiqqan holda g‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun belgilangan narxlardan past bo‘lmasligi lozim;

fermer xo‘jaliklaridan fyuchers shartnomasi asosida boshoqli don xarid qiluvchi g‘allachilik klasterlari tomonidan mahsulot qiymatining 60 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘nak mablag‘lari ajratiladi;

g‘allachilik klasterlari tomonidan davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan boshoqli don hajmiga nisbatan fermer xo‘jaligi bilan tuzilgan fyuchers shartnomasiga asosan ortiqcha yetishtiriladigan boshoqli don uchun bo‘nak mablag‘lari ajratilmagan taqdirda, davlat xarididan ortiqcha yetishtirilgan boshoqli don to‘lig‘icha fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qoldiriladi;

fyuchers shartnomasi asosida xarid qiladigan boshoqli don uchun ajratiladigan bo‘nak mablag‘lari fermer xo‘jaliklari tomonidan hosildorlikni oshirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida, birinchi navbatda, mineral o‘g‘itlarga, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalariga, yoqilg‘i-moylash materiallariga hamda mexanizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi;

fyuchers shartnomasi asosida xarid qilinadigan boshoqli donni o‘lchash va sifatini aniqlash tadbirlarini bajarilishi g‘allachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi;

g‘allachilik klasterlari tomonidan fyuchers shartnomasi asosida xarid qilinadigan boshoqli don uchun yakuniy hisob-kitoblar hosil yilining 1 avgustiga qadar to‘liq amalga oshiriladi;

davlat ehtiyojlari uchun hamda fyuchers shartnomasi asosida xarid qilinadigan boshoqli donni tashish bilan bog‘liq transport xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tariflar bo‘yicha mos ravishda don korxonalari va g‘allachilik klasterlari tomonidan qoplanadi;

lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilish, mineral o‘g‘itlar, urug‘lik, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa material resurslar yetkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar hamda tartib g‘allachilik klasterlariga tatbiq etiladi.

O‘zbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda boshoqli don xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnomasining namunaviy loyihasini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda joylarga yetkazadi.

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda fermer xo‘jaliklari tomonidan joriy yilda fyuchers shartnomasi asosida qo‘shimcha yetishtiriladigan boshoqli don hosilini sug‘urta qilish uchun shartnomalarni rasmiylashtiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda har yili fermer xo‘jaliklari ro‘yxatini shakllantirib borsinlar hamda ularga g‘allachilik klasterlari bilan davlat ehtiyojlaridan ortiqcha yetishtiriladigan boshoqli donni xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnomalarini tuzishda amaliy yordam ko‘rsatadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati boshoqli don ekilgan maydonlarda hosildorlikni oshirish uchun ilovadagi tumanlarga talab etiladigan qo‘shimcha mineral o‘g‘itlar va yonilg‘i moylash mahsulotlari hajmlarini aniqlash va davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don yetishtirishga belgilangan shartlarda yetkazib berilishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid