O‘zbekiston | 22:23 / 05.05.2018
11348
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Yurtimizda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun ertangi kunimizning ishonchi bo‘lmish yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yuksak bilimli va malakali kadrlar etib tarbiyalash jarayonini yanada takomillashtirish, ularning ish bilan bandligini ta'minlash borasidagi samarali ishlarga dasturilamal bo‘lmoqda. 

Shu munosabat bilan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamkorligida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida bitiruvchi talabalarning bandligini ta'minlashga qaratilgan ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Foto: O‘zto‘qimachiliksanoat

Muloqotda ta'kidlanganidek, bugungi kunda respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o‘z vaqtida zarur ixtisosliklar bo‘yicha to‘qimachilik va yengil sanoat sohalari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta'lim mazmunini bevosita korxona va muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxascisligi bo‘yicha ishga joylashtirishga doir qator dolzarb masalalarning yechimini topishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 

Foto: O‘zto‘qimachiliksanoat

Talabalar bilan ochiq va shaffof ruhda kechgan suhbatda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Haydarov to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berar ekan, o‘z o‘rnida sohada kadrlar masalasi kamchiliklardan xoli emasligini ta'kidlar ekan, hududlarimizda faoliyat ko‘rsatayotgan yengil sanoat korxonalarida asosan xorijlik mutaxassislar ishlayotgani, mahalliy kadrlarning ishlab chiqarishdagi ishtiroki qoniqarsiz ahvolda ekanini ma'lum qildi.

Foto: O‘zto‘qimachiliksanoat

Muloqot davomida bitiruvchilar yurtimizdagi yengil sanoat korxonalari faoliyatiga oid statistik ma'lumotlarga ega bo‘ldi.

Foto: O‘zto‘qimachiliksanoat
Foto: O‘zto‘qimachiliksanoat

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid