Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Super-kontrakt miqdori rektorlar tomonidan belgilanadi
O‘zbekiston OTMlarida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori endi muassasa rektorlari tomonidan belgilanadi. Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari bazaviy kontraktning 3 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Foto: Kun.uz
2025 yil tabaqalashtirilgan («super kontrakt») to‘lov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar qildi.
O‘zbekiston ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilanadi. U quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi:
- qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;
- qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy to‘lov-kontraktning 3 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Shuningdek, barcha oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan 2025 yil 25 sentabrga qadar 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
2025/2026-o‘quv yili qabulida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini 2025 yilning 31 oktyabrga qadar (shu kuni ham) to‘lashga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).
Avvalroq O‘zbekiston OTMlarida 25 sentabrdan 3 oktyabrga qadar (shu kuni ham) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul o‘tkazilishi xabar qilingandi. Unda 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.
Mavzuga oid
15:43 / 03.12.2025
Oliy ta’lim tizimi faoliyatini tartibga soluvchi yangi nizom qabul qilinadi
11:12 / 28.11.2025
Dunyodagi urushlar va O‘zbekiston: “Geosiyosat”da talabalar bilan suhbat
17:58 / 26.11.2025
O‘zbek-fransuz universiteti tashkil etiladi
19:17 / 21.11.2025