O‘zbekiston | 09:00 / 10.04.2021
5553
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Seoul Mun – 40 000 kvadrat metrga ega zamonaviy savdo maydoni

Seoul Mun tijorat va jamoat maydoni sifatida o‘zida qanday afzalliklarni uyg‘unlashtiradi?

Seoul Mun – Bo‘rijar kanalining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab qurilgan savdo va dam olish markazi. Bu yerda 40 ming kvadrat metr maydonda o‘ziga xos shahar hududi yaratilmoqda. Markazda shahar aholisi hordiq chiqarishi uchun sevimli brend do‘konlari, restoran va kafelar, kerakli tovarlar va xizmatlar hamda suv bo‘yidagi 10 000 kvadrat metrdan ziyod maydonda xiyobonlar, dam olish joylarida ko‘ngil ochish imkoniyati taqdim etiladi. Tadbirkorlarga Seoul Mun'da biznes ehtiyojlariga mos tijorat ko‘chmas mulki taqdim etiladi. Joylar tashrif buyuruvchilar harakati hisobga olib taklif qilinadi. Siz shahar markazidagi foydali joyda biznesingizni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lasiz.

Seoul Mun loyihasi Asia Pacific Property Awards tomonidan «2020 yildagi bo‘sh vaqtda dam olishga mo‘ljallangan me'morchilik bo‘yicha eng yaxshi loyihasi», shuningdek CRE Awards-2020 tanlovining «Yil konsepsiyasi» yo‘nalishi g‘olibi deb topildi. Soy bo‘yi tashrif buyuruvchilarga ham, tijorat ko‘chmas mulki egalariga ham qulay qilib loyihalangan. Maskandagi ko‘p qavatli avtoturargoh 550 ta avtomobilga mo‘ljallangan. Hududga 5 ta kirish joyi bo‘lib, eskalatorlar, liftlar va zinapoyalar bu yerdagi erkin harakatni ta'minlaydi.

Seoul Mun'dagi biznes egalari uchun tijorat nuqtasi toifasiga qarab, suv bo‘yidagi eng samarali joylar oldindan o‘ylab loyihalangan. Ushbu taqsimotni tijorat ko‘chmas mulki bo‘yicha xalqaro ekspertlar – Knight Frank kompaniyasi tuzib chiqqan. Bu esa tadbirkorlarga xaridorlarning kerakli trafigini yaratish va o‘z joyingizga jalb etish imkonini beradi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, markazga kuniga 11 000 dan ziyod odam tashrif buyuradi. Seoul Mun'da binolar maydoni 15 dan 1000 kvadrat metrgacha, shift balandligi esa 3,5 metrdan 6 metrgachani tashkil etadi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish va savdo tarmoqlari uchun ularning ehtiyojidan kelib chiqib havo tortish uskunalariga ega, texnik jihozlangan katta maydonlarni taklif etadi.

Dream City Development sotuv ofisida sizga loyiha haqida batafsil ma'lumot berib, foydali takliflarni taqdim etishadi. Shuningdek, ko‘chmas mulkni tanlashda yordam beriladi.

Seoul Mun – poytaxt markazida soy bo‘yidagi katta imkoniyatlar. 

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202 22 22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid