Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada milliondan ortiq o‘rdak qiriladi
Foto: RIA
Fransiyada parranda grippi xavfining oldini olish maqsadida o‘rdaklarni ommaviy qirg‘in qilish buyurildi. Bu haqida mamlakat qishloq xo‘jalik vazirligi ma'lumotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 5 yanvardan 20 yanvargacha Jyer, Lands va Yuqori Pirenei departamentlarida parrandalarga nisbatan profilaktik choralar ko‘riladi. Erkinlikdagi barcha o‘rdaklar yo‘q qilinishi ta'kidlandi.
Vazirlikning ta'kidlashicha, dekabr oyi boshidan mamlakat xo‘jaliklarida 89 yuqori darajadagi parranda grippi (H5N8) o‘chog‘i qayd etilgan. Kasallik ayniqsa mamlakatning janubi-g‘arbida avj olgan.
Reuters mintaqadagi fua-gra ishlab chiqaruvchilari xabariga tayanib, 20 yanvargacha umumiy soni 18 millionni tashkil qiluvchi parrandadan 1,3 million o‘rdakning yo‘q qilinishi haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
20:54 / 18.01.2026
Makron AQShga qarshi javob choralari ko‘rishni taklif qilmoqda
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
13:37 / 14.01.2026