O‘zbekiston | 11:33 / 17.07.2021
1017
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda tadbirkorga tegishli yerni sotayotgan ish boshqaruvchi ushlandi

Jizzax shahrida tadbirkorga tegishli yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan pullayotgan ish boshqaruvchi qo‘lga olingan Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahridagi «H» MChJ ish boshqaruvchisi I.Q. ushlangan.

U, fuqaro B.Q.ga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazini qurish uchun ajratilgan 60 metr kvadrat yer maydonini, fuqaro S.ga 5 000 AQSh dollariga sotishni rejalashtirib, shundan 4 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid