Jizzax viloyati Zafarobod tumanida ukasiga tegişli fermer xöjaligi yerini sotmoqçi bölgan şaxs uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Zafarobod tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, ukasiga tegişli fermer xöjaligining yerini sotmoqçi bölgan A.J. uşlangan.

Mazkur şaxs ukasi M.J. rahbarligidagi fermer xöjaligining 10 gektar yer maydonini Ş.ga firibgarlik yöli bilan sotişni rejalaştirib, oldindan kelişilgan 10 million sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.