Butun front bo‘ylab janglar va «asir olingan» Pushkin haykali. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 614-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina rahbariyatida iste’folar bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi Time mamlakat prezidentiga yaqin manbalarga tayangan holda. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, «frontdagi sustkashlik uchun» —hukumat vaziri hamda yuqori martabali generallardan birini ishdan olish rejalashtirilgan.
- NYT: Ukraina va AQSh sovetlar davrida yaratilgan uchirish qurilmalari yoki radarlarni g‘arb namunasidagi zamonaviy raketalar bilan birlashtirib, gibrid havo hujumidan mudofaa «yirtqichlari»ni yasamoqda.
- Anneksiya qilingan Qrim ustida ukrainlarning Storm Shadow rusumli sakkizta raketasi urib tushirildi, deb xabar berdi RF mudofaa vazirligi. Parchalar tushishi oqibatida Sevastopolda bir kishi yaralangan.
- Rossiya qo‘shini Odessa yaqinidagi kemasozlik zavodigan raketa zarbasi yo‘llashi oqibatida to‘rt kishi yaralandi, ularning barchasi — korxona ishchilari. Ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ma’muriy bino hamda zavod texnikasi shikastlangan.
- Xersonda avtobus o‘qqa tutilishi oqibatida yetti kishi yaralandi.
- RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab dronlarning navbatdagi hujumini uyushtirdi. Barcha 12 dron urib tushirilgan. Uchuvchisiz uchish apparatlari va raketalar Mikolayiv, Xerson, Kirovograd, Cherkass, Jitomir, Xmelnitskaya va Dnipropetrovsk oblastlarida urib tushirilgan.
- Yaltada Ukraina prezidenti rafiqasi Yelena Zelenskayaga tegishli bo‘lgan va milliylashtirilgan kvartira kimoshdi savdosida sotib yuborildi.
- Dog‘iston rahbari Sergey Melikov Mahachqal’a aeroportidagi tartibsizliklar «dushmanlar» — Ukrainada bo‘lgan «sotqinlar va banderachilar» tomonidan uyushtirilganini aytdi.
Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari
RF qo‘shini 30 oktyabr kuni Dnipro daryosining chap sohilidan turib Xersonni o‘qqa tutdi. Zarbalar oqibatida ko‘p qavatli bino shikastlangan, kvartiralardan biri yonib ketgan, unda yashagan 85 yoshli ayol halok bo‘lgan. Shahar harbiy ma’muriyati boshlig‘i Roman Mrochko yana uch kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Shu kuni region rahbari Oleksandr Prokudin kun davomida Xerson oblastida rossiyaliklarning zarbalari natijasida ikki kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi jarohat olganini ma’lum qildi. RF qo‘shini kun davomida Xersonning o‘ziga 46 ta snaryad uchirgan.
Dnipro yo‘nalishida butun front bo‘ylab janglar davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Rossiya nazoratidagi chap sohilda platsdarmlar tashkil etishga urinmoqda, RF QK esa o‘ng sohil bo‘ylab zarbalar yo‘llamoqda.
Xarkiv yaqinidagi ukrain artilleriyachilari
Kiyevda Ukraina qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun xayriya marafoni
Pushkinning Kiyevdagi haykali
2023 yil yozida Kiyev ma’muriyati Aleksandr Pushkin yodgorligi joylashgan xiyobon nomini o‘zgartirgandi: avval bu yer uning nomi bilan atalgan, endilikda — XX asrdagi ukrain shoiri Ivan Bagryaniy nomi bilan atalmoqda. Ukraina yozuvi va tili kunida, 27 oktyabr kuni, Rossiya bilan bog‘liq yodgorliklarning demontaj qilinishi tarafdorlari rus shoiri haykalining boshiga qop kiydirishdi va uni qizil lenta bilan o‘rab qo‘yishdi. «O‘ng sektor»ning Odessa bo‘yicha bo‘limining sobiq rahbari Sergey Sternenko shoir haykali «rossiyalik harbiy asir» qiyofasiga keltirilganini qayd etgan.
Yodgorlik ostidagi postamentga qizil bo‘yoq bilan quyidagi yozuvlar qoldirilgan: «Dekolonizatsiyani to‘xtatib bo‘lmaydi» va «Imperatorni demontaj qiling».
Baxmut yaqinidagi ukrain askarlari
«Grad»dan o‘t ochayotgan rossiyalik artilleriyachilar. Lokatsiya noma’lum
Mavzuga oid
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024