Markaziy Osiyo liderlari 6 avgust kuni navbatdagi maslahat uchrashuviga yig‘iladi
Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining navbatdagi maslahat uchrashuvi 6 avgust kuni Turkmanistondagi “Avaza” milliy turizm zonasida o‘tkaziladi.
Ayni paytda mazkur uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda 16 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov o‘rtasidagi uchrashuvda so‘z bordi.
Uchrashuv Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining Toshkent konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Shavkat Mirziyoyev konferensiya doirasidagi nutqida ham bu haqda aytib o‘tdi.
“Biz rivojlanish drayverlari hamda “yangi o‘sish nuqtalari”ni birgalikda aniqlash va muntazam muloqotlar uchun samarali maydon yaratdik. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini avgust oyi boshida Turkmanistonda o‘tkazishni rejalashtirganmiz”, – dedi prezident.
Shu oy boshida Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqotlarida ham navbatdagi maslahat yig‘ini xususida so‘z borgan edi
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining norasmiy maslahat uchrashuvini o‘tkazib borish Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgandi. Dastlabki uchrashuv 2018 yil 15 marta Astanada, so‘ng 2019 yil 29 noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024