Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentdagi xalqaro konferensiya tadbirlarida iştirok etayotgan Qozoğiston boş vaziri örinbosari – taşqi işlar vaziri Muxtor Tleuberdini qabul qildi.

Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Taşqi işlar vaziri Muxtor Tleuberdi davlatimiz rahbariga Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev va birinçi prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Bölajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik köriş, şuningdek, ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va özaro manfaatli hamkorlik dasturlarini ilgari surişga alohida e'tibor qaratildi.

Afğonistondagi vaziyatdan kelib çiqib mintaqa kun tartibidagi masalalar hamda avgust oyining boşida Turkmanistonda ötkaziladigan navbatdagi Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakçilarining Maslahat uçraşuviga tayyorgarlik masalasi körib çiqildi.

Prezident Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredovni qabul qildi.

Oliy darajadagi muntazam muloqotlar tufayli köp qirrali Özbekiston-Turkmaniston yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlari izçil mustahkamlanib borayotgani alohida ta'kidlandi.

Raşid Meredov davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. Özbekiston yetakçisining Markaziy va Janubiy Osiyo boğliqligini rivojlantiriş borasidagi taşabbuslari yuksak baholandi.

Ikki mamlakat örtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi. Qöşma hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişini ötkaziş muhimligi qayd etildi.

Joriy yilning 6 avgust kuni “Avaza” milliy turizm zonasida ötkaziladigan Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining Maslahat uçraşuviga tayyorgarlikning borişi muhokama qilindi.