Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari Özbekiston-Tojikiston munosabatlarining ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni körib çiqdilar hamda mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almaşdilar.
Mintaqamizda Afğoniston yönalişidagi ahvolning yomonlaşişi va keskinlikning kuçayişi bilan boğliq vaziyatning rivojlanişiga alohida e'tibor qaratildi. Yaqin idoralararo muvofiqlaşuvni davom ettiriş muhim ekani ta'kidlandi.
Şuningdek, prezidentlar bölajak oliy darajadagi tadbirlarni, şu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuvini ötkaziş rejasini körib çiqdilar.












