Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish huquqbuzarligini ko‘rib chiqish biznes ombudsmanga o‘tmoqda
Tadbirkorlik faoliyatiga oid 9 xil huquqbuzarlik ishlari biznes ombudsmanga o‘tdi, avval ushbu huquqbuzarliklar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Prezident qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi va unga ko‘ra biznes ombudsmanning vakolatlari kengaymoqda. Bu haqda huquqiy axborot portali ma’lum qildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, quyidagi huquqbuzarliklarga oid ishlar Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Vakil) va uning devoni xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi:
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (tadbirkorlar murojaatlari qismida) (43-modda);
- yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish (tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari buzilishi qismida) (2002-modda);
- xususiy mulk huquqini buzish (2411-modda);
- tadbirkorlar faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish (2412-modda);
- tadbirkorlar faoliyatini va (yoki) ularning bank operatsiyalarini qonunga xilof to‘xtatib turish (2413-modda);
- tadbirkorlarni homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish (2414-modda);
- imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish (2416-modda);
- tadbirkorlar hisobvaraqlarida pullari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish (2418-modda);
- tadbirkorlardan qonunchilikni buzgan holda hujjatlar talab qilib olish (24110-modda).
Mazkur qonun qabul qilingungacha ushbu huquqbuzarliklar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Vakil nomidan ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima qo‘llashga uning o‘rinbosarlari va Vakil devoni bosh inspektorlari haqli.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Avvalroq, O‘zbekistonda biznes ombudsmanga murojaat qilgan tadbirkorlar soni ikki barobar ko‘paygani xabar qilingandi. Ma’lum qilinishicha, biznes ombudsmanga eng ko‘p kelib tushgan murojaatlar soni Toshkent shahri (643), Toshkent viloyati (583) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (540) to‘g‘ri kelgan. Sohalar kesimida tadbirkorlarni eng ko‘p qiynayotgan muammolar bu — yer masalasi (1 179) va kredit ajratilishi (1 119).
Mavzuga oid
16:17 / 23.12.2024
Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqildi
14:34 / 20.12.2024
Yangilangan Bojxona kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi
14:30 / 20.12.2024
O‘zbekistonda kamida 100 mlrd so‘m soliq to‘layotgan 142 nafar “chempion” tadbirkor paydo bo‘ldi
14:14 / 20.12.2024