Qayd etilişiça, 2021 yilning 9 oyida biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning 5 mingdan ortiq murojaatlari örganilgan. Bu körsatkiç ötgan yilga qaraganda ikki barobarga köp. Körib çiqilgan murojaatlarning deyarli 3 mingtasi qanoatlantirildi, qolganlari yuzasidan tuşuntiriş berildi.

Biznes-ombudsman tomonidan 2021 yilning 9 oyida tadbirkorlar manfaatida sudlarga 28 milliard sömlik da'vo arizalar kiritildi. Joriy yil ma'muriy javobgarlikka tortilganlar soni keskin köpaygan va ötgan yilga nisbatan 740 nafarga oşgan.  

Biznes-ombudsmanga eng köp kelib tuşgan murojaatlar soni Toşkent şahri (643), Toşkent viloyati (583) hamda Qoraqalpoğiston Respublikasiga (540) töğri kelgan. Sohalar kesimida tadbirkorlarni eng qiynayotgan muammolar bu — yer masalasi (1 179) va kredit ajratilişi (1 119).