O‘zbekistonda eng yuqori va eng past tug‘ilish holatlari qaysi hududlarga to‘g‘ri kelishi aytildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 9 oyi davomida FHDYo organlarida 614,7 ming nafar tug‘ilganlik holatlari qayd etilgan.
Qo‘mita xabarida aytilishicha, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,9 ming nafarga ko‘p.
Tug‘ilganlik holatlari hududlar bo‘yicha tahlil etilganda eng ko‘p tug‘ilishlar soni Samarqand viloyatida (74,4 ming nafar), eng kam Sirdaryo viloyatida (15,6 ming nafar) qayd etilganligi kuzatildi.
Ushbu ko‘rsatkich aholi soniga nisbatan tahlil qilinganda Surxondaryo viloyatida eng ko‘p, ya'ni har ming nafar aholiga 28 chaqaloq to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng kam, ya'ni har ming nafar aholiga 20 chaqaloq to‘g‘ri kelganligi kuzatildi.
Mavzuga oid
16:17 / 03.01.2025
«Palov indeksi»: O‘zbekistonda osh narxi bir yilda qanchaga oshdi?
11:14 / 02.01.2025
O‘zbekistonda 2025 yilning ilk kunida tug‘ilgan chaqaloqlar soni 1641 nafarni tashkil etdi
17:38 / 01.01.2025
Yangi yilning dastlabki 17 soatida 1040 nafar chaqaloq tug‘ildi
16:47 / 30.12.2024