O‘zbekistonda 2025 yilning ilk kunida tug‘ilgan chaqaloqlar soni 1641 nafarni tashkil etdi
Bu oxirgi sakkiz yillikdagi eng past ko‘rsatkich.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 2025 yilning birinchi sutkasida 1641 nafar chaqaloq dunyoga kelgani haqida xabar berdi.
2018 yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda 1644 nafar, 2022 yilda 2316 nafar, 2023 yilda 2155 nafar, 2024 yilda esa 1859 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.
2025 yil 1 yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning 845 nafari qiz, 796 nafari o‘g‘il.
Eng ko‘p chaqaloq Farg‘ona viloyatida (244 nafar) tug‘ildi.
Shuningdek, keyingi o‘rinlarda:
Samarqand viloyati — 186 nafar,
Qashqadaryo viloyati — 181 nafar,
Surxondaryo viloyati — 172 nafar,
Toshkent viloyati — 150 nafar,
Toshkent shahri — 139 nafar,
Andijon viloyati — 90 nafar,
Jizzax viloyati — 87 nafar,
Buxoro viloyati — 86 nafar,
Xorazm viloyati — 83 nafar,
Qoraqalpog‘iston R. — 71 nafar,
Namangan viloyati — 65 nafar,
Sirdaryo viloyati — 45 nafar,
Navoiy viloyati — 42 nafar.
Dunyoga kelgan ushbu bolalar orasida 23 egizak (jami 47 nafar bola) bor, ya’ni 22 tasi (44 nafar bola) ikki homilalik, 1 tasi (3 nafar bola) esa uch homilalik egizakdir.
Bundan oldinroq O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvar kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga kelgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:38 / 01.01.2025
Yangi yilning dastlabki 17 soatida 1040 nafar chaqaloq tug‘ildi
19:57 / 25.12.2024
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
15:15 / 01.12.2024
O‘zbekistonda o‘tgan 10 oyda qariyb 800 ming tug‘ilish qayd etildi
23:30 / 26.11.2024