Iroq hukumati harbiylari Mo‘sulga yurish davomida yo‘ldagi oxirgi aholi punktiga kirdi. Bu haqda Al Sumaria xabar tarqatgan.
Aniqlik kiritilishicha, armiya bo‘linmalari IShID poytaxti Mo‘suldan 5 km masofadagi Tell-Kayf punktiga hujum qilishgan.
Harbiylar 2ta mavzeni egallab, bu yerlarga Iroq bayrog‘ini o‘rnatgan. Bundan tashqari, Tell-Kayfga berilgan havo zarbalari natijasida Mo‘sulning bu hududdagi noibi halok bo‘lgan.
Bundan oldinroq, Mo‘sulda IShID jangarilari 284 kishini qatl qilgani xaqida xabar berilgandi.