20 kunda yana o‘zgarish. «Paxtakor»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Toshkentning «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi yana o‘zgardi. Jamoani 20 kun davomida boshqargan Ravshan Haydarov iste'foga chiqarilgan. Bu haqda Tribuna.Uz manbasi xabar bergan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, jamoani bundan keyin bosh murabbiy sifatida Jasur Abduraimov maydonga olib tushadi. Hozircha klub rasmiy saytida bu borada ma'lumot berilmagan. Tez orada yangi murabbiy tanishtirilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Jasur Abduraimov O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyligidan keyin, O‘zbekiston U-22 terma jamoasini boshqarib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor»ning muvaffaqiyatsiz natijalari sabab, 6 aprel kuni Kolosovskiy iste'foga chiqarilgan va uning o‘rniga Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlangandi.
Bundan oldinroq, klub rasmiy sayti jamoa rahbariyatida o‘zgarishi bo‘lgani haqida xabar bergan. Unga ko‘ra, klub vitse-prezidenti va direktori lavozimiga yangi xodimlar tayinlangandi.
Mavzuga oid
17:46 / 25.12.2024
«Paxtakor» Igor Sergeyev jamoaga qaytganini e’lon qildi
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
18:13 / 21.11.2024