Jamiyat | 10:31 / 16.06.2017
11738
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda talonchi direktor fosh etildi

Raim Jumanov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) maktab direktori lavozimida binoyidek ishlab kelardi. Keyinchalik uni nima jin urib, maktabda ishlamagan ukasiga 319 ming 632 so‘mlik ish haqi yozdi. Kelinini ham farrosh sifatida ishga qabul qilib, unga 449 ming 120 so‘m ish haqi to‘ladi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Bulardan tashqari, uning xorijda ishlagan ayrim fuqarolar uchun ish haqi yozib, byudjyetdan ajratilgan birinchi darajali to‘lovlar uchun 15 mln. 421 ming 818 so‘mlik pul mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi.

Bundan tashqari, Raim Jumanov tegishli qonun hujjatlariga zid ravishda o‘ziga va bir nechta o‘qituvchilarga rag‘batlantirish va moddiy pullarni to‘lagani oqibatida 5 mln. 243 ming 141 so‘mlik mablag‘ning noto‘g‘ri to‘lanishiga sababchi bo‘lgani ma'lum bo‘ldi.

Shuningdek, uning maktab o‘qituvchilariga ustama haqlarining va 16 nafar o‘qituvchiga ish haqlarining noto‘g‘ri to‘lanishiga yo‘l qo‘ygani natijasida 24 mln. 850 ming 291 so‘mlik o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlandi.

Sud tomonidan ushbu qonunbuzarga nisbatan odilona hukm o‘qildi.

Mavzuga oid