Saakashvili Ukraina fuqaroligidan nega mahrum etilgani ma'lum qilindi
Ukraina prezidenti ma'muriyatidan ma'lum qilishlaricha, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina fuqaroligidan, uni olish chog‘ida haqiqiy bo‘lmagan ma'lumotlar taqdim etgani uchun mahrum qilingan.
«Arizani rasmiylashtirish chog‘ida haqqoniy bo‘lmagan ma'lumotlar bo‘lganini aniqlagan va bunga oid aniq dalillarni taqdim etgan Davlat migratsiya xizmati taqdimnomasiga ko‘ra, Ukraina prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiya Saakashvilining Ukraina fuqaroligini to‘xtatish haqidagi murojaatni qo‘llab-quvvatladi va prezidentga tegishli qaror qabul qilish bo‘yicha tavsiya berdi. Davlat rahbari tavsiyalar asosida tegishli farmonni imzoladi», - deya prezident ma'muriyati xabarini keltiradi RIA Novosti.
Shuningdek, ma'muriyatdan ma'lum qilishlaricha, fuqarolikdan mahrum qilish haqidagi farmon e'lon qilinmaydi, sababi u shaxsiy ma'lumotlarga ega.
Avvalroq Saakashvili Ukrainaga qaytishga erishishini aytgandi.
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024