Jahon | 11:20 / 27.08.2017
8443
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi dovul qurbonlari soni ortmoqda, 30 kishi bedarak yo‘qolgan

Foto: Reuters

Texas shtatining Hyuston shahri politsiyasi «Harvi» dovuli oqibatida yana bir kishi halok bo‘lgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, avtomobili bilan suv to‘lgan ko‘chada harakatlangan ayol halok bo‘lgan. Shaharda yana o‘nlab kishilar turli darajada jarohatlar olgan.

Shu tariqa, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda dovul oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 nafarni tashkil qilmoqda.

Qayd etilishicha, «Harvi» dovuli shtatda keyingi 50 yillikda kuzatilayotgan eng yirik tabiiy ofat bo‘lmoqda. Ayni vaqtga kelib shtatda 200 mingdan ortiq kishi elektr toki ta'minotisiz qolmoqda.

Bundan avvalroq, dovul boshlanganidan buyon Texasda 30 kishi bedarak ketgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga oid