Jahon | 18:26 / 15.09.2017
6772
1 daqiqa o‘qiladi

London metrosidagi teraktdan so‘ng 18 kishi shifoxonaga olib ketildi

Foto: Reuters

London metropolitenida yuz bergan portlashdan so‘ng 18 kishi shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda shahar tez yordam xizmati xabarida aytiladi.

«Biz «Parsons-Grin» metro bekatida ro‘y bergan hodisadan so‘ng 18 kishi shifoxonaga olib ketilganini tasdiqlaymiz. Ularning hayotiga hech narsa tahdid solayotgani yo‘q», - deya xabar qilgan tibbiy xizmat vakili.

Avvalroq Tereza Mey favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi, London metrosidagi portlash terakt sifatida baholangani xabar qilingandi.

 

Mavzuga oid