Voronejda o‘z qizini sotayotgan o‘zbekistonlik juftlik qo‘lga olindi
Voronejda yashovchi ikki O‘zbekiston fuqarosi inson savdosi bilan bog‘liq jinoiy ish ishtirokchisiga aylandi. "Interfaks" RTK tergov boshqarmasi bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
39 yoshli erkak va uning 29 yoshli turmush o‘rtog‘i kichik qizini sotishga urinayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Tergov versiyasiga ko‘ra, joriy yilning 8 sentabrida ayol qiz farzandli bo‘lgan, biroq uni tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmagan.
Kuni kecha kechqurun juftlik notanish odamlarga 30 ming rublga sotmoqchi bo‘ldi. Biroq ular o‘zlarining g‘arazli niyatlarini oxirgacha amalga oshira olishmadi, zero politsiya xodimlari ularni nazorat qilayotgan bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari RF JKning 30-moddasi 3-qismi, 127-modda 2-qismining "b, z" bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.
Mavzuga oid
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
00:36 / 22.12.2024
Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
11:41 / 21.12.2024