Sport | 09:20 / 14.11.2017
28987
2 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Buffon yig‘lab xayrlashdi

Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon Shvetsiyaga qarshi o‘yindan keyingi efir vaqtida ko‘zda yosh bilan termadagi faoliyati yakunlangani haqida ma'lum qildi. Shvetsiyaga qarshi o‘yin uning uchun so‘nggisi bo‘lib qoldi – italyanlar jahon chempionatiga bormaydigan bo‘ldi.

«Italiya termasini yaxshi yigitlarga qoldiraman. Menga hamisha yordam bergan insonlarga, mening Kellimga, mening Bardzamga, mening Leo... Rahmat yigitlar, rahmat. Rahmat Italiya.

Terma jamoa hali o‘rnidan ko‘tariladi. Biz italyanlarmiz, biz hamisha qayta olamiz. Men sizlarga o‘zimning Jiji Donnarummamni qoldirmoqdaman. Mattia Perin ham yaxshi turadi», – dedi Buffon RAI efirida.

Qayg‘uli video:

Juda qayg‘uli suratlar

Buffonning terma jamoadagi faoliyati 1997 yilda JCh-98 uchun pley-off o‘yinlari doirasida Rossiyaga qarshi o‘yin bilan boshlangandi. Safarda 1:1 va uyda 1:0 hisobidagi natijalardan keyin Italiya Fransiya maydonlaridagi jahon chempionatiga chiqqandi.

Buyuk Buffonning «Skuadra adzurra» safidagi oxirgi o‘yini ham JChga chiqish uchun pley-off o‘yiniga to‘g‘ri keldi, ammo barchasi qayg‘uli yakunlandi.

2018 yil yanvarida Buffon 40 yoshga to‘ladi. U faoliyatini 6 marta jahon chempionati ishtirokchisi sifatida yakunlamoqchi edi. Ammo o‘xshamadi.

Mavzuga oid