Rossiya Qozog‘istonga 12 ming gektar yerni berdi
Rossiya va Qozog‘iston 1994 yil 10 dekabrdagi «Boyqo‘ng‘ir» majmuasi ijara Shartnomasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa va aerofazoviy sanoat vazirligi saytida xabar berilgan.
«Hujjatga ko‘ra, Akay hamda Toretam posyolkalari yaqinidagi 11,6 ming gektar yer Rossiya ijarasidan chiqarildi va Qizilo‘rda viloyatiga berildi. U yerda endi ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma rivojlantiriladi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek ta'kidlanishicha, Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvortsova hamda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov Boyqo‘ng‘ir xodimlari va bu yerga yaqin hududlar aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:53 / 25.12.2024