Krasnodarda O‘zbekiston fuqarosi o‘z hamyurtini pichoqlab o‘ldirdi
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida o‘zbekistonlik 24 yoshli erkak o‘z tanishining qotiliga aylangani bo‘yicha ayblov yuzasidan sud oldida javob beradi.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, erkaklar Krasnodar transport kompaniyasida ishlashgan hamda korxona hududida istiqomat qilishgan. Tergovga ko‘ra, 2017 yilning 24 avgust kuni kechqurun 24 yoshli ayblanuvchi mast holatda bo‘lgani holda, stol tennisi o‘ynayotgan 25 yoshli tanishining yoniga yaqinlashgan va birga o‘ynashni taklif qilgan. Biroq, qayd etilishicha, u rad javobini olgan.
24 yoshli o‘zbekistonlik erkakning bundan jahli chiqqan va u vatandoshiga pichoq bilan bir necha marotaba zarba bergan. Guvohlar tibbiy brigadani chaqirtirishgan, biroq jabrlanuvchi «tez yordam» mashinasida shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda hayotdan ko‘z yumdi.
Ayni damda jinoiy ish tasdiqlangan ayblov xulosasi bilan sudga ko‘rib chiqish uchun yuborilgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
00:36
Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
11:41 / 21.12.2024
Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan harbiylar jasadini almashdi
23:32 / 20.12.2024