Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp kortejidagi mashina Davosda politsiyachini urib ketdi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Trampning kortejidagi avtomobillardan biri Davosda politsiyachini urib ketdi. Bu haqda Blick nashri xabar tarqatdi.
Ta'kidlanishicha, politsiyachi Tramp kortejidagi mashinani to‘xtatmoqchi bo‘lgan, biroq haydovchi gaz tepkisini bosgan.
Hodisa Intercontinental mehmonxonasi oldida yuz bergani aytiladi. Yo‘lning qatnov qismida navbatchilik olib borayotgan politsiyachi kortej oldida ketayotgan oq BMW’ni to‘xtatishga uringan, biroq haydovchi politsiyachini chetlab o‘tishga urinib, uni urib ketgan. Keyinchalik bir nechta qora yo‘ltanlamaslar harakatlangan, ulardan birida AQSh prezidenti bo‘lgan, deya ta'kidlaydi nashr.
Politsiya xodimi chetga chiqishga ulgurgan, shuning uchun jiddiy jarohatlar olmadi.
Nashrning ta'kidlashicha, ehtimol, politsiyachi mashina Tramp kortejiga hamrohlik qilganini bilmagan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
14:22 / 27.02.2026
Epshteyn ishi: Davosdagi forum rahbari iste’foga chiqdi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
21:32 / 23.01.2026