AQŞ prezidenti Donald Trampning kortejidagi avtomobillardan biri Davosda politsiyaçini urib ketdi. Bu haqda Blick naşri xabar tarqatdi.
Ta'kidlanişiça, politsiyaçi Tramp kortejidagi maşinani töxtatmoqçi bölgan, biroq haydovçi gaz tepkisini bosgan.
Hodisa Intercontinental mehmonxonasi oldida yuz bergani aytiladi. Yölning qatnov qismida navbatçilik olib borayotgan politsiyaçi kortej oldida ketayotgan oq BMW’ni töxtatişga uringan, biroq haydovçi politsiyaçini çetlab ötişga urinib, uni urib ketgan. Keyinçalik bir neçta qora yöltanlamaslar harakatlangan, ulardan birida AQŞ prezidenti bölgan, deya ta'kidlaydi naşr.
Politsiya xodimi çetga çiqişga ulgurgan, şuning uçun jiddiy jarohatlar olmadi.
Naşrning ta'kidlaşiça, ehtimol, politsiyaçi maşina Tramp kortejiga hamrohlik qilganini bilmagan bölişi mumkin.












