Iqtisodiyot | 10:09 / 08.06.2018
28161
3 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi ish haqi to‘lovlari to‘lanish holati yuzasidan axborot berdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yil may oyining ikkinchi yarmi uchun (iyun oyning dastlabki birinchi 5 ish kuni ichida) ish haqi to‘lovlarini to‘lanishi yuzasidan tizimli monitoring o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyun kuni Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjyet tashkilotlari xodimlarining ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta'minlash maqsadida 622,4 mlrd so‘m miqdorida maqsadli mablag‘lar ajratilgan.

Natijada hududiy g‘azna hisob raqamlarida ish haqi to‘lovlarini respublika miqyosida o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun yetarli miqdorda mablag‘lar shakllantirilgan.

Shu bilan birga, byudjyet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan g‘aznachilik organlariga taqdim etilgan to‘lov hujjatlari asosida joriy yilning 6 iyun holatiga may oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi to‘lovlarining to‘lanishi respublika bo‘yicha 89,6 foizni tashkil etdi. Jumladan hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti - 88,7%
Andijon viloyati byudjyeti -74,8%
Buxoro viloyati byudjyeti - 95,9%
Jizzax viloyati byudjyeti - 84,7%
Qashqadaryo viloyati byudjyeti -77,3%
Navoiy viloyati byudjyeti - 100,0%
Namangan viloyati byudjyeti - 99,6%
Samarqand viloyati byudjyeti - 90,6%
Surxondaryo viloyati byudjyeti - 78,7%
Sirdaryo viloyati byudjyeti - 88,2%
Toshkent viloyati byudjyeti - 100,0%
Farg‘ona viloyati byudjyeti - 86,0%
Xorazm viloyati byudjyeti - 77,3%
Toshkent shahri byudjyeti - 100,0%
Jami 89,6%

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan respublika byudjyetidan moliyalashtiriladigan byudjyet tashkilotlarida ish haqi to‘lanishi 94,8% tashkil etmoqda.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjyet tashkilotlarining ish haqi to‘lovlari 5 ish kunidan kechiktirmay to‘lanishi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va tegishli to‘lov hujjatlarini g‘aznachilik organlariga o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli tarmoq vazirliklar hamda byudjyet tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moliya vazirligi 52 nafar yangi rahbar xodim tayinlangani haqida xabar bergandi. 

Mavzuga oid