17:59 / 06.06.2018
24788

Moliya vazirligi: 52 nafar yangi rahbar xodim tayinlandi

Foto: Advantour

Respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davlat boshqaruvi organlarining barcha bo‘g‘inlarida kadrlarning amaliy zaxirasini shakllantirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bu borada Moliya vazirligi tizimida bir qancha amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda, deb xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

Xususan, joriy yilda tizimda yuqori kasb mahoratiga ega, samarali mehnat qilib kelayotgan, zamonaviy tafakkurlash va nostandart holatlarda tezkor qarorlar qabul qila oladigan xislatlarga ega moliya idoralari xodimlari orasidan rahbarlik lavozimlariga amaliy kadrlar zaxirasi shakllantirilgan.

Shakllantirilgan amaliy zaxira tarkibidan moliya idoralarida vakant bo‘lgan rahbarlik lavozimlari to‘ldirilgan va jami 93 nafar rahbarlar tayinlandi. Bunda tayinlanganlarning 54 nafari Moliya bo‘limi mudirlari, 28 nafari G‘aznachilik bo‘linmalari boshliqlari va 11 nafari hududiy Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlarini tashkil qiladi.

Aprel-may oylarida quyidagi vakant lavozimlar to‘ldirilgan, ularning 6 nafari viloyat darajasidagi rahbarlar: 

Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi, Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarining G‘aznachilik va Xorazm viloyatining Pensiya jamg‘armasi boshliqlari;

22 nafari tuman va shahar moliya bo‘limlari: 

Farg‘ona viloyatining - Toshloq, Buvayda, So‘x, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Oltiariq va Farg‘ona shaharlari, Namangan viloyatining - Namangan, Chust, Chortoq, Norin va Namangan shaharlari, Buxoro viloyatining - Vobkent, Romitan, Buxoro va Qorovulbozor, Samarqand viloyatining - Kattaqo‘rg‘on va Payariq, Surxondaryo viloyatining - Qiziriq va Denov, Navoiy viloyatining - Karmana, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanlariga mudirlar;
 
24 nafari tuman va shahar G‘aznachilik bo‘linmalari boshliqlari:

Toshkent viloyati bo‘yicha - Quyichirchiq, Olmaliq shahri, Jizzax viloyati bo‘yicha - G‘allaorol va Mirzacho‘l, Andijon viloyati bo‘yicha - Asaka, Ulug‘nor va Baliqchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha - Taxtako‘pir, Xo‘jayli, Nukus va Taxiatosh, Sirdaryo viloyati bo‘yicha - Guliston va Oqoltin, Xorazm viloyati bo‘yicha - Shovot, Xiva, Qo‘shko‘pir tumanlari, Urganch va Xiva shahri, Surxondaryo viloyati bo‘yicha - Sariosiyo, Buxoro viloyati bo‘yicha - Romitan, Toshkent shahri bo‘yicha - Olmazor va Yakkasaroy, Namangan viloyati bo‘yicha - Chortoq, Samarqand viloyati bo‘yicha - Ishtixon va Samarqand shahar G‘aznachilik bo‘linmalariga boshliqlar tayinlangan. 

Top