O‘zbekiston MDHning 2020 yildagi sammitini o‘tkazishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev MDHning 2020 yilda bo‘ladigan navbatdagi sammitini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyor ekanini tasdiqladi.
«Tashkilotimizning 2020 yilda bo‘ladigan navbatdagi Sammitini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyor ekanimizni tasdiqlaymiz», - dedi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida so‘zlagan nutqida.
Davlat rahbarining ta'kidlashicha, dunyoda ro‘y berayotgan jadal o‘zgarishlar, tobora avj olib borayotgan global tahdid va xatarlar sharoitida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda va o‘zining zarur tuzilma ekanini tasdiqlamoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil O‘zbekistonning MDH doirasidagi faoliyatida mutlaqo yangi bosqichni boshlab bergan.
«O‘zbekiston iqtisodiyot, energetika, ilm-fan va innovatsiya, jinoyatchilikka qarshi kurash kabi sohalarni qamrab olgan o‘ndan ziyod tarmoq bo‘yicha hamkorlikka qo‘shildi», - dedi Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev MDHdagi hamkorlikning eng dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlarini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
18:28 / 06.12.2024
Qirg‘izistondagi shaharda barcha jamoat joylari bepul Wi-Fi bilan ta’minlandi
16:39 / 26.11.2024