Mirziyoyev MDHdagi hamkorlikning eng dolzarb va istiqbolli yönalişlarini ma'lum qildi
|12:48 / 29.09.201817 7997 min
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Duşanbe şahrida MDH davlat rahbarlari kengaşi majlisida sözlagan nutqi ÖzA tomonidan e'lon qilindi. Quyida uning töliq matni keltiriladi.
Hurmatli Emomali Şaripoviç!
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Bugungi uçraşuvimizning barça iştirokçilarini samimiy qutlaş va Tojikiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Emomali Şaripoviç Rahmonga an'anaviy samimiy mehmondöstlik va uşbu majlisni yuksak darajada taşkil etgani uçun minnatdorlik bildirişga ijozat bergaysiz.
Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga raislik qiliş davrida tojik birodarlarimiz tuzilmamiz doirasidagi köp tomonlama hamkorlikni kengaytiriş borasida samarali işlarni amalga oşirganini alohida qayd etişni istardim.
Hurmatli hamkasblar!
Dunyoda röy berayotgan jadal özgarişlar, tobora avj olib borayotgan global tahdid va xatarlar şaroitida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi köp qirrali munosabatlarni mustahkamlaş uçun muhim maydon bölib xizmat qilmoqda va özining zarur tuzilma ekanini tasdiqlamoqda.
Ötgan yil mamlakatimizning MDH doirasidagi faoliyatida mutlaqo yangi bosqiçni boşlab berganini alohida qayd etişni muhim deb bilaman.
Özbekiston iqtisodiyot, energetika, ilm-fan va innovatsiya, jinoyatçilikka qarşi kuraş kabi sohalarni qamrab olgan öndan ziyod tarmoq böyiça hamkorlikka qöşildi.
Taşkilotimizning 2020 yilda böladigan navbatdagi Sammitini Özbekistonda ötkazişga tayyor ekanimizni tasdiqlaymiz.
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Köp tomonlama hamkorligimizning eng dolzarb va istiqbolli yönalişlari haqida töxtalib ötmoqçiman.
Birinçi. Jahon iqtisodiyotidagi murakkab jarayonlar, "savdo uruşlari" keskinlaşib, proteksionizm kuçayib borayotgan bugungi şaroitda MDH erkin savdo zonasining tölaqonli faoliyat yuritişi va özaro bozorlarni şakllantiriş hal qiluvçi masalalarga aylanişi lozim.
Faqat yilning boşidan buyon Özbekiston va Hamdöstlikning köpçilik mamlakatlari örtasidagi savdo hajmi sezilarli darajada ösdi.
Mavzuga oid
Özaro tovar ayirboşlaş hajmining yuqori darajadagi ösiş sur'atlarini ta'minlaş maqsadida bojxona tartib-taomillarini imkon qadar soddalaştiriş, savdo sohasidagi mavjud barça tösiq va çeklovlar, jumladan, texnik ğovlarga barham beriş lozim, deb hisoblaymiz.
Hamdöstlik makonida xizmatlar böyiça erkin savdo zonasini tezroq yaratiş muhim, deb hisoblaymiz.
Ikkinçi. Özbekiston maşinasozlik, energetika, elektrotexnika, töqimaçilik, farmatsevtika sanoati, qişloq xöjaligi sohalarida kooperatsiyani yanada kuçaytiriş tarafdoridir.
Biz bunday hamkorlikni Hamdöstlikning barça mamlakatlari bilan faol rivojlantirmoqdamiz.
Qöşma loyihalarni qöllab-quvvatlaşning yangi mexanizmlarini şakllantiriş maqsadida Özbekistonda MDH mamlakatlari iştirokida Moliya-bank forumini ötkazişga tayyormiz.
Uçinçi. Tariflar böyiça özaro imtiyozlar berişga doir yagona mexanizmni joriy etgan holda, xalqaro va mintaqaviy transport yölaklaridan samarali foydalaniş, barça turdagi transportlar bilan yuk taşişga oid talablarni birxillaştiriş va turli tösiqlarni bartaraf etiş, logistika markazlarini rivojlantirişga qaratilgan işlarni davom ettiriş muhimdir.
Törtinçi. Bizning fikrimizça, özaro mahsulot yetkazib berişda "yaşil yölaklar"ni keng joriy etiş qişloq xöjaligi sohasidagi samarali hamkorlikka xizmat qiladi.
MDHning Agrosanoat kompleksi masalalari böyiça kengaşi va qişloq xöjaligi sohasidagi boşqa tuzilmalari faoliyatini faollaştiriş zarur, deb hisoblaymiz.
Beşinçi. Hamdöstlik mamlakatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli tobora ortib borayotganini hisobga olgan holda, MDH doirasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş böyiça uzoq istiqbolga möljallangan dasturni işlab çiqiş va qabul qilişni ma'qullaymiz.
Şu tariqa sanoat va qişloq xöjaligi sohalari, moliya sektorida davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida ilğor raqamli texnologiyalarni joriy etiş, şuningdek, aholi va biznes sub'yektlarining qulay elektron xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirgan bölar edik.
Oltinçi. Hududlararo va çegaralarga yaqin mintaqalar örtasida hamkorlikni kengaytiriş muhim ahamiyatga ega.
Özbekistonda 2020 yilda MDH mintaqalari forumini ötkazişni taklif etamiz.
Yettinçi. Faşizm ustidan qozonilgan umumiy Ğalabamizning 75 yilligini keng nişonlaş böyiça birgalikda tadbirlar ötkazişga ustuvor e'tibor qaratamiz.
Bu masala 2020 yilda Özbekistonning MDHga raisligi konsepsiyasida alohida aks ettiriladi.
Sakkizinçi. Xavfsizlikni ta'minlaş, yuzaga kelayotgan tahdidlarga öz vaqtida javob qaytariş mamlakatlarimiz barqaror taraqqiyotining hal qiluvçi şartidir.
Afğonistonda hanuz davom etayotgan qurolli mojaro Hamdöstlikka a'zo mamlakatlarning aksariyati uçun umumiy tahdid bölib qolmoqda.
MDH Afğoniston muammosini siyosiy yöl bilan tezroq hal etişga qaratilgan xalqaro sa'y-harakatlarda muhim rol öynaşga qodir.
Xalqaro terrorizm xavfining tobora ortib borayotgani jiddiy taşviş uyğotmoqda.
Bugungi terrorçilik tuzilmalari katta moliyaviy resurslarga, eng yangi axborot va texnika vositalariga ega, yuqori darajada harakatçan va tezkordir.
Hozirgi paytda ularning Yaqin Şarqdan Afğonistonga, MDH çegaralari yaqiniga köçib ötiş tendensiyasi kuçaymoqda.
Mamlakatlarimiz terrorizm xavfini öz vaqtida va samarali qaytariş uçun özaro kelişilgan, avvalo, oldindan zarba berişga qaratilgan harakatlarga tayyor turişi lozim.
MDH makonida yuzaga kelayotgan xavfsizlikka qarşi tahdidlarning öz vaqtida oldini oliş uçun tahliliy va tezkor axborot bilan muntazam almaşişning amaldagi mexanizmlari doirasida samarali hamkorlikni ta'minlagan holda huquqni muhofaza qiliş organlari va maxsus xizmatlar faoliyatini muvofiqlaştirişni kuçaytiriş muhim, deb hisoblaymiz.
Yoşlar örtasida radikallaşuv muammosi e'tiborimiz markazida bölib qolişi lozim. Şu munosabat bilan ta'lim-tarbiya, ilm-ma'rifat, yoş avlodni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, uning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, hayotda öz örnini topişi uçun zarur şaroitlar yaratiş borasidagi hamkorlikni kengaytiriş zarur.
Özbekiston MDHga a'zo davlatlarning Yoşlar masalalari kengaşi faoliyatiga qöşilmoqda va uning faoliyatida faol iştirok etişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.
Töqqizinçi. Madaniy-gumanitar aloqalar va ma'naviy qadriyatlar Hamdöstlik mamlakatlarini hamişa birlaştirib kelayotgan kuçdir.
Aynan şuning uçun ham biz har yili mamlakatlarimizda navbati bilan turizm yarmarkalari va MDH madaniyati kunlarini, Hamdöstlikning ijodkor yoşlari örtasida muntazam uçraşuvlarni, ularning har birini muayyan mavzuga bağişlagan holda taşkil etişni, şuningdek, MDH Davlatlari madaniy merosi Virtual muzeyini yaratişni taklif etamiz.
Hurmatli uçraşuv iştirokçilari!
Sözimning yakunida turkmanistonlik döstlarimizni Hamdöstlikka raislikni qabul qilgani bilan tabriklaş va ularga katta muvaffaqiyatlar tilaşga ijozat bergaysiz.
Muhtaram Emomali Şaripoviç Rahmonga samimiy qabul va sammit yuksak darajada taşkil etilgani uçun yana bir bor minnatdorlik bildiraman.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi