O‘zbekiston | 17:50 / 07.11.2018
18227
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda sovuq suv narxi yana oshmoqda. Joriy yilda uchinchi marta

Toshkent shahrida sovuq suv uchun yangi tariflar joriy etiladi. «Suvsoz» korxonasi xabariga ko‘ra, 22 noyabrdan sovuq suv uchun shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar kuchga kiradi. 

Aholi uchun suv ta'minoti xizmati haqi bir kubometri uchun 245 so‘mdan 280 so‘mga, kanalizatsiya xizmatlari narxi esa 210 so‘mdan 235 so‘mga oshiriladi.

Bunda tariflarga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent hokimining 12 yanvardagi qarori bilan Toshkent iste'molchilari uchun ichimlik suviga har bir kub metri uchun 100 so‘m miqdorida maxsus ustama belgilangan.

Ma'lumot uchun, bu 2018 yil hisobidan sovuq suv tarifining uchinchi marta oshirilishidir. Narxlar shu yilning fevralida (+5 so‘mga) va mayida (+50 so‘mga) oshirilgan edi.

Mavzuga oid